Toshkentning qator markaziy ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25-26 iyun kunlari Toshkentning qator markaziy ko‘chalari vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida o‘tkaziladigan “Yangi nafas” yoshlar marafoni munosabati bilan poytaxtdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

25 iyun kuni soat 18:00 dan 26 iyun kuni soat 10:00 gacha:

•    Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.

•    2022 yil 26 iyun kuni soat 6:30 dan soat 9:00 gacha:

•    Sharof Rashidov shoh ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

•    Islom Karimov shoh ko‘chasi – Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 iyun kuni soat 20:00 dan 26 iyun kuni soat 23:00 gacha Sergeli tumanida yangitdan barpo etilgan Fayzli ko‘chasining Obihayot ko‘chasi kesishmasidan Qipchoq ko‘chasidagi ko‘prik osti aylana yo‘l bo‘ylab yana Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida avtomobillar harakati cheklanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

ko'cha

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing