Toshkentning qator ko‘chalarida issiqlik ta’minoti va issiq suv o‘chirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkentning Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasidan o‘tuvchi issiqlik tarmog‘ida avariya yuz berdi. Bu haqda "Toshissiqquvvati" DUK ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda tezkor ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda  issiqlik va issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:

•    Amir Temur ko‘chasida;
•    Sodiq Azimov ko‘chasida;
•    Maxtumquli ko‘chasida;
•    Gulyamov ko‘chasida;
•    Shahrisabz ko‘chasida;
•    Markaz-1 mavzesida;
•    Markaz-2 mavzesida;
•    Markaz-4 mavzesida.                                                                      
                                                                                                                         
Ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach issiqlik va issiq suv ta’minoti qayta tiklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

issiq suv issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

58

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing