Telegram
Birinchi biling!
Jamiyat
−
10 iyun 2020
11188Toshkent shahrining 42 ta mahallasi "qizil" toifaga kiritilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.
Nega Toshkent shahri bemorlar soni ko‘pligiga qaramay, "sariq" hudud bo‘lib qolmoqda? Mart-aprel oylarida kunlik kasallar soni hozirgidan kam bo‘lsada, qat’iy karantin choralari qo‘llanilgandi?
"Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik ob’ektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra jami 513 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan:
42 tasi — "qizil" hudud;
132 tasi — "sariq" hudud;
339 tasi — "yashil" hududga ajratilgan.
Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta’sir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirilmoqda", deydi Botir Qurbonov.
Avvalroq, hududlarning "qizil", "sariq" va "yashil" toifalari ro‘yxati yangilangan edi.