Toshkentning ikki tumanida 10 dan ortiq mahalla suvsiz qoldi

Jamiyat

image

Toshkentning Yunusobod tumanidagi Bo‘z-suv suv olish inshooti hududida D-1000 tarmokda yuzaga kelgan nosozlik tufayli ushbu tarmoq o‘chirildi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ ma’lum qildi.

Avariya sabab Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 10 dan ortiq mahalla ichimlik suvi ta’minotidan uzilib qoldi. Suvsiz qolgan hududlar ro‘yxati:

Firdavsiy, Shivli, Mingo‘rik, Yangi tarnov, Otchopar, Shahriston, Xalkobod, Ezgulik, Injobod, Otchopar 1, Otchopar 2, Xiyobontepa, Iftixor, Yangi Ariq, Turk Qo‘rg‘on, Usta Shirin,  Markaz-4 mavzesi, 7-sonli shahar kasalxonasi, Oqqo‘rg‘on MFY. 

“Suvsiz qolgan hududlar suv tashuvchi texnika orqali suv bilan ta’minlanadi”, deyiladi ta’minotchi xabarida.

Suv ta’minotining ehtimoliy tiklanish vaqti ko‘rsatilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing