Toshkentning ikki tumani qisman gazsiz qoldi

Jamiyat

image

Bugun, 24 oktyabr kuni Toshkent shahrining Beruniy ko‘chasidagi o‘rta bosimli gaz quvurida avariya holati aniqlanganligi bois mazkur manzilda ta’mirlash ishlari boshlandi.

Shu munosabat bilan Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi quyidagi manzillarga gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Olmazor tumanida:

Beruniy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar va yerli xonadonlar.

Shayxontohur tumanida:

•    Tinchlik ko‘chasi;
•    Ilg‘or ko‘chasi;
•    Bog‘ ko‘chasi;
•    Gulobod ko‘chasi;
•    Zafar ko‘chasi;
•    “Bo‘ston” MFY dagi ko‘p qavatli uylar va yerli xonadonlar.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlaridan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” GTF ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing