Toshkentning bosh suv inshootida “svet” sabab nosozlik yuz berdi
Jamiyat
−
22 iyul 2022 6663 1 daqiqa
Toshkent shahrini suv bilan ta’minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik yuz berdi. Natijada poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Maxsus ta’mirlash guruhi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlikni bartaraf etish ishlari jadal davom etmoqda”, deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, yaqin soatlarda suv ta’minoti qayta tiklanadi. Kompaniya keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Live
Barchasi