Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Toshkentning ayrim joylari gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 mart kunidan 6 mart kuniga qadar Toshkent shahri Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazpoytaxt” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida 5 mart 12:00 dan 6 mart 08:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Xususan, Yashnobod tumani “Obisher” MFYdagi 16 ta ko‘p qavatli uy va 370 ta yerli xonadon, “Assalom sohil”dagi 20 ta ko‘p qavatli uy, “M. Ashrafiy” MFYdagi 120 ta yerli xonadonda gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Mirobod tumanida esa “Qorasuv” MFYdagi 38 ta ko‘p qavatli uy, “Tong yulduzi” MFYdagi 14 ta ko‘p qavatli uy va 125 ta yerli xonadonda gaz vaqtincha o‘chiriladi.

Shuningdek, Mirobod tumanidagi “Oltinko‘l”, “Furqat” va “Yangi zamon” MFYlarida bosim pasayishi ehtimoli mavjud.

“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida noma’lum ekskavator tomonidan olib borilgan yer qazish ishlarini bajarish vaqtida gaz quvuriga shikast yetkazilgani sabab 28 mingdan oshiq aholi gazsiz qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yashnobod gaz ta'minoti Mirobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing