Toshkentning 37 nafar fuqarosi hali ham SSSR pasporti bilan yurganligi aniqlandi
Jamiyat
−
15 may 2019
4661Pasport tartibi tekshiruvi davomida 3801 nafar shaxslarda hamon O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasporti yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shulardan 37 nafarida – bugungi kunga qadar faqatgina bitta asosiy hujjat – sobiq SSSR pasporti borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda 3801 nafar fuqarolardan 3747 nafari, eski SSSR pasportiga ega bo‘lgan 18 kishini inobatga olgan holda biometrik pasportlarga ega bo‘lishdi, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi