Toshkentning 3 ta tumani vaqtincha gazdan uziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 13 fevral kuni Toshkent shahrining uchta tumanining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ertaga soat 9:00 dan 19:00 ga qadar Bektemir tumani "Qo‘yliq" bozori oldida metroning yangi liniyasi qurilishi munosabati bilan qurilish hududidan o‘tgan yuqori bosimli yer osti gaz quvurini ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ayrim manzillarda istiqomat qiluvchi gaz iste’molchilari vaqtincha tarmoqdan uziladilar.

Bektemir tumanidagi ulgurji iste’molchilar:

- MCHJ “Avto Vaz”;

- MCHJ “Ko‘klamchi Vodiy”;

- “Qo‘yliq” ulgurji bozori;

- AGNKS gaz to‘ldirish shoxobchasi;

- AGNKS Bektemir;

- “Ko‘yliq” bozori;

- “KOMPASS” savdo markazi;

- Avtosalon;

- Tekstil sexi;

- "Ko‘klam Vodiy" kafesi;

- “Shefer” klubi;

- “Toshkent motors” avtodo‘koni ;

- "Jasmin Aliks" do‘koni.  

Yashnobod tumandagi aholi iste’molchilari:

- "Katta Qo‘yliq" mahallasi;

- To‘yona ko‘chasi;

Ulgurji iste’molchilar:

- Avtosalon;

- "Dosmakor-Gulbahor" klinikasi;

- Shprits sexi;

- "Navro‘z" kafesi;

- "To‘yona baraka" kafesi;

Mirobod tumanidagi ulgurji iste’molchilar:

- TS-6 Issiqlik markazi

- “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing