Toshkentning 3 ko‘chasi 5 kunga yopiladi
Jamiyat
−
28 aprel 4551 1 daqiqa
Toshkent shahrining markazidagi Zarafshon, Istiqlol va Buyuk Turon ko‘chalarining ayrim qismlarida joriy yilning 29 apreldan 3 maygacha transport harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘chalar “Toshkent gullari” festivali bo‘lib o‘tishi sabab yopiladi. Festivalning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi va quyidagi ko‘chalar yopiq bo‘ladi:

- Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Hokimlik tomonidan ko‘rsatilgan davr ichida muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining ma’lum bir qismi 1 oydan ko‘p vaqtgacha yopiq bo‘lishi aytilgandi.
Live
Barchasi