Toshkentning 2041 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi ishlab chiqilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2022 — 2024 yillarda shaharlar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan anjumanda Qurilish vaziri o‘rinbosari Jalol Arashov ma’lum qildi. 

“Poytaxt qurilishida infratuzilma, transport logistika, yashil hududlar, bino va inshootlar joylashuvi, shaharsozlik normalari rivojlanishining davlat tajribasi kabi turli xil qarashlar ilmiy asosda amaliy integratsiya qilinmoqda.  Biz yaqin kunlarda “Toshkentboshplan LITI”ga OAVni, jurnalist, blogerlarni taklif qilamiz. Real hayotdagi bosh rejani ko‘rsatamiz. Odamlar ko‘rsin. Ochig‘ini aytish kerak, OAVda, hammaning yuragida “O‘zi qachon Toshkent shahrining bosh rejasi bo‘ladi?” degan savol bor. Oxirgi 3-4 yilda bosh rejaga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratildi. Oldin davlat dasturlarida mablag‘ ajratish bo‘lmagan”, deydi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, u so‘zi davomida 20 yil ichida ilk bor Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan shaharlar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganini ma’lum qilib, ajratilgan mablag‘ aynan qaysi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilishini ochiqladi. 

“Bu mablag‘lar 28 ta shaharchalar, 108 ta qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va jami 31 ta bu yil joriy etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarining qurilish loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi”, deydi Jalol Arashov.

Toshkent shahrining istiqbolli rejasi 2041 yilga mo‘ljallangan bosh reja asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada Gollandiya, asosan Turkiyadan mutaxassislar jalb qilingan. Asosiy maqsad shaharning 2041 yilga mo‘ljallangan rejasini amalga oshirgan holda hududda yashillik, aholiga qulaylik yaratish.


Maqola muallifi

Teglar

bosh reja Qurilish vaziri Jalol Arashov

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar