Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi
Jamiyat
−
24 iyul 2653 2 daqiqa
Buxoro shahrining hududi qariyb 3,9 ming gektarga kengaytiriladi. Bu haqda hukumatning kecha, 23 iyul kuni qabul qilingan “Buxoro shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, aholi soni va hududi:
- aholi soni o‘sishi – 289,19 ming kishidan hisob davrida – 385,0 ming kishiga;
- shaharning hududi – 7 966,78 gektardan hisob davrida – 11 847,06 gektarga o‘zgaradi.
Uy-joy qurilishi va uy-joy fondi:
- uy-joy fondi umumiy maydoni – 4 456,31 ming kv metrdan hisob davrida – 8 085,0 ming kv metrga;
- uy-joy maydoni bilan ta’minlanish darajasi bir kishiga – 15,4 kv metrdan hisob davrida – 21,0 kv metrga;
- uy-joy fondi qisqarishi hisob davrida – 114,66 kv metrni tashkil qiladi.
Aholining ijtimoiy soha ob’ektlariga bo‘lgan talabini amaldagi me’yorlarga moslashtirish maqsadida soha ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda o‘zgaradi:
- madaniy, maishiy va kommunal ob’ektlarni aholining ijtimoiy ehtiyojlariga va amaldagi me’yorlarga javob beradigan darajaga yetkazish;
- bo‘sh hududlarda mavjud vaziyat bilan birgalikda markazni rivojlantirish, yangi jamoat majmualarini qurish.
Jamoat transporti, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar hisob davrida:
- magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kilometrdan 203,0 kilometrgacha oshiriladi (birinchi navbatda 155,35 km gacha);
- yiliga yo‘lovchi tashishlar soni bo‘yicha – 163,8 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
Shuningdek, umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoro shahrining tarixiy markazi va uning muhofaza hududida shaharning tarixiy qiyofasiga ta’sir qiladigan o‘zgartirish kiritmaslik va ayrim o‘zgarishlar kiritilishi nazarda tutilganda, oldindan UNESCO bilan belgilangan tartibda hisobot tayyorlagan holda, kelishiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro madaniy tadbirlarning natijalari, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar hamda yirik madaniyat va turizm ob’ektlarini barpo etishga oid taqdimot, xususan, Buxoro shahrining bosh rejasi bilan tanishgandi.
Live
Barchasi