Toshkentni suv bosishiga qarshi tizim uchun 700 mln so‘m sarflanadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik davrida suv toshishi kabi holatlarni oldini olish ishlari uchun 700 million so‘m ajratiladi. Bu haqda poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov imzolagan qarorda keltirilgan. 

Unga ko‘ra, Toshkentda drenaj va kollektorlarni (irrigatsiya tizimini) ta’mirlash va beton quvur yotqizish ishlarini amalga oshirish uchun poytaxt byudjetining zaxira fondidan 700 mln so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni yog‘gan yomg‘ir oqibatida metro bekatlari va poytaxtning bir qancha ko‘chalarini suv bosgan edi. 

Shuningdek, Shavkat Umrzoqov joriy yilning 8 aprel kuni bekatlar oldida suv to‘planishi bartaraf etilishini va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent suv toshqini yog'ingarchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing