Toshkentni suv bilan ta’minlovchi inshootda nosozlik yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 dekabr kuni soat 8:30da Toshkent aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga keldi. Bu haqda "O‘zsuvta’minot" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik  suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.

"Hozirgi vaqtda elektr ta’minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. 

Toshkent shahrida tez fursatlarda suv ta’minoti o‘z maromiga qaytadi", deyiladi rasmiy xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing