Toshkentni hokimiyat eplolmay qolganida, shu volontyorlar odamlar dardiga malham bo‘ldi – Allamjonov

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning volontyorlar haqida gapirgan gaplari ijtimoiy tarmoqlarda yana bahs-munozaralarni keltirib chiqarayotgani haqida xabar bergan edik. Unda Ortiqxo‘jayev volontyorlar faoliyatiga shubha bilan qarayotganini aytgan. Hokim so‘zida davom etarkan, volontyorlik faoliyati haqida chuqur o‘ylab ko‘rishni bildirgandi. 

Toshkent shahar hokimining gaplariga jamoatchilik tomonidan ko‘plab munosabatlar bildirilayotgan bir vaqtda, ijtimoiy tarmoqlarda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Komiljon Allamjonovning Ortiqxo‘jayevga qarshi bildirgan fikrlari ham tarqaldi. O‘z munosabatida Allamjonov Toshkentda ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan boshqa muammolar borligini aytib, hokimning shular bilan shug‘ullanishi kerakligiga urg‘u bergandek. 

“Tegilmagan shu volontyorlar qolgandi. Bu yoshlarga motivatsiya emas, qo‘liga bir uradigan tadbir bo‘libdi. Vaholanki, pandemiya davrida barcha yoshlar birlashdi, Toshkent shahrini hokimiyat eplolmay qolganida, aynan shu volontyorlar hayotini xavf ostiga qo‘yib, odamlar dardiga malham bo‘ldi. O‘sha paytda yordamga muhtoj bo‘lib, uyda yotgan ayrim qariyalarga oyog‘ini tog‘oraga suv solib, sovun bilan yuvish emas, balki sumkada tashilgan yeguliklar kerak edi. Endi ularni o‘rganish kerakmish. Ular daromad olyaptimi yoki ko‘ngilli yordamchilarmi, shuni o‘rganish kerakmish. O‘rganish emas, rahmat deyish kerak. O‘rganish kerak bo‘lsa, Toshkentda masala ko‘p. Pichoqni oldin o‘zingga ur, og‘rimasa birovga!”, deb yozadi Allamjonov. 

U so‘zlari so‘nggida quyidagi xeshteglarni ilova qilgan. 

#Bo‘ldidaEndi
#ShaharBedarvozaEmas
#LyubayaBiznesXorosha
#MikrofonBerilmasinShuOdamga


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Komiljlon Allamjonov

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing