Toshkentliklarning suvdan qarzi 124 milliardga yetdi

Jamiyat

image

Ayni kunda Toshkent shahri aholisining birgina ichimlik suvidan qarzdorligi 124 milliardga yetdi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, qarzdorlikning bu tarzda o‘sishiga ko‘plab omillar sabab bo‘lmoqda. Bulardan biri karantin cheklovlari vaqtida aholining to‘lov qobiliyati cheklanishi bo‘lsa, ikkinchisi ko‘p yillardan buyon aholidan ichimlik suvi to‘lovlarining o‘z vaqtida undirilmagani. 

“Sohadagi mazkur yirik miqdordagi debitor qarzdorlik tizim rivoji bir muncha ortga surilishiga ham sabab bo‘lmoqda”, deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqib, aholining ichimlik suvidan qarzdoriligini yil so‘ngiga qadar qisqartirish bo‘yicha “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ tomonidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, barcha mutasaddilar ushbu sa’y-harakatga safarbar etilgan.

Ayni kunda barcha mutasaddilar mahallarda bo‘lib, aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda va qarzlarni undirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

O‘rganishlar davomida ichimlik suvidan qarzdorlar orasida o‘ziga to‘q, daromad manbai aniq bo‘lgan aholi vakillari borligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ichimlik suvi

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing