Toshkentda ayol “yemagan somsasiga pul to‘lamaydi”gan bo‘ldi
3-sahifa
−
06 noyabr 2023
13267Samarqandda o‘zganing nomiga 15,7 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib olgan soxta operator qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sergeli tumanida yashovchi (ayol) N.S. IIOga murojaat qilib, uning nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra, 15,7 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.
Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli O.U. sodir etgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.U. jabrlanuvchi N.S.ga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini bank operatori sifatida tanishtirgan va SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritganidan so‘ng, N.S.ning nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib olgan. "Uddaburon" firibgar o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining bank plastik kartasiga o‘tkazishga ham ulgurgan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.U.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, qonunchilikka muvofiq, firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etishi mumkin.