Toshkentlik ayol 23 yoshli qizni qarzi evaziga Turkiyaga sotib yubordi
3-sahifa
−
16 mart 2021
13114Toshkentlik ayol qarzi evaziga navoiylik 23 yoshli qizni Turkiyaga sotib yubordi. Bu Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida aniqlangan.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.M. Navoiy shahrida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan M.G‘.ni dastlab, Toshkent shahrida joylashgan savdo do‘konlarida ishlatishini aytib, aldab olib kelgan.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasidan fuqaro Q.M. 23 yoshli qizni 2020 yilning oktyabr oyida Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga olib ketgan. Ta’kidlanishicha, u o‘zining qarzi evaziga ushbu davlatda istiqomat qiluvchi shaxsga qizni sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “z” bandi (jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi