Toshkentlik aholi orasida 18 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
03 iyul 2020
7800Bugun, 3 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 127 nafarga ortib, 9326 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
• 31 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida);
• 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 6161 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3137 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 28-o‘lim holati qayd etildi.
LiveBarchasi