Toshkentlik 76 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatdagi 59-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 7 iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi 76 yoshli V.T. (ayol) va uning o‘g‘lida “COVID-19” tasdiqlanganidan so‘ng uyiga maxsus tez tibbiy yordam guruhi kelgan. Ammo bemorda kasallik belgilari bo‘lsada, shifoxonada statsionar holatda davolanish rad etilgan.

11 iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashganligi sababli Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
U yerda unga “COVID-19”ning og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 2-darajasi, yurak va bosh miya tomirlari aterosklerozi, dissirkulyator ensefalopatiyaning 2-darajasi, 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi kabi hamroh kasalliklari bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing