Toshkentlik 72 yashar bemorda koronavirus og‘ir kechmoqda (video)
Jamiyat
−
07 iyul 2020
11312O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan ushbu videoda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan koronavirusga chalingan og‘ir ahvoldagi bemorga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aks etgan
Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli bemorning ahvoli o‘ta og‘ir. U yillar davomida qandli diabetdan davolanib kelgan, ayni paytda ushbu kasallikning 2-turi og‘ir kechmoqda, bemor insulinga muhtoj. Shuningdek, yog‘li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklari ham mavjud. Bu esa bemorda xastalikning og‘ir kechishiga sabab bo‘lmoqda.
“Ushbu holat butun dunyo mamlakalarida shiddat bilan tarqayotgan koronavirus infeksiyasining naqadar xavfli ekanligidan dalolat beradi. Agar karantin qoidalariga qat’iy rioya etmasak, xushyor bo‘lmasak, nafaqat o‘zimizni, balki yaqinlarimizni ham xavf ostiga qo‘yishimiz mumkin. Negaki, atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi”, deyiladi SSV izohida.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 587 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 6690 nafari sog‘aygan, 40 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi