Toshkentlik 65 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Iyul oyi boshida koronavirus aniqlangan toshkentlik 65 yoshli bemor vafot etdi. Hozirgacha koronavirusdan vafot etganlar 117 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 65 yoshli Sh.G. (erkak)da 4 iyuldan kasallik belgilari (tana xaroratining ko‘tarilishi, yo‘tal) boshlangan. Unda “COVID-19” tasdiqlangach, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik asorati bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan.

Bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichining pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing