Toshkentlik 64 yoshli erkak COVID-19 dan vafot etdi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
5840O‘zbekistonda rasman e’lon qilingan koronavirus qurbonlari soni 146 nafarga yetdi. Toshkentda navbatdagi o‘lim qayd etildi.
Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.T. (erkak)da 25 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Zangiota ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kun davomida tana harorati ko‘tarilib nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli yotqizilgan.
Bemorga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik nafas yetishmovchiligining 3-darajasi hamda o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziyaning 3-darajasi va semizlikning ham 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan. Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
LiveBarchasi