Toshkentlik 29 yashar yigit Istanbulda og‘ir ahvolda vafot etdi
Jamiyat
−
30 mart 2021
18738Istanbul shahrida yashab, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘zbekistonlik 29 yashar S.M. kuchli zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulligiga joriy yilning mart oyida K.T. ismli advokat tomonidan yuborilgan faksogramma kelib tushgan. Ma’lumotda yozilishicha, 2020 yilnig oktyabr oyi boshlarida Istanbul shahrining “Göztepe prof. dr. Süleyman Yalçın şehir hastanesi”ga kuchli zaharlanish oqibatida shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga xushini yo‘qotgan, yonida shaxsini tasdiqlovchi hech qanday hujjat yoki mobil telefoniga ega bo‘lmagan shaxs yotqizilib, keyinchalik “Cinar 2 Bakım Merkezi”ga ko‘chirilgan.
Bosh konsulxona xodimlari tomonidan ko‘p marotaba shifoxonaga tashrif amalga oshirilishiga qaramay, shaxsning ahvoli o‘ta og‘irligi tufayli uning ism-sharifi va qaysi davlat fuqarosi ekanligiga oydinlik kiritish imkoni bo‘lmagan.
Joriy yilning 23 martida mazkur noma’lum shaxs “Cinar 2 Bakım Merkezi”da vafot etgan.
Olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra, fuqaro 1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi S.M. ekani ma’lum bo‘lgan.
Joriy yilning 28 martida Bosh konsullik tomonidan jasadni vatanga jo‘natish bo‘yicha marhumning oila a’zolariga xuquqiy hamda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi