Toshkentga Volkswagen Caddy tez yordam mashinalari olib kelinadi
Jamiyat
−
20 iyul 2020
9796“Jizzax avtomobil zavodi” Toshkent shahar tibbiyot muassasalariga “Volkswagen Caddy” bazasida tez yordam avtomobillarini yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ xabar berdi.
Aholiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishga o‘zining tezkor ulushini qo‘shish uchun “Volkswagen Caddy” bazasidagi avtomobillar keyingi haftadanoq “front”ga chiqariladi
Avtomobilni jihozlash bilan mahalliy kompaniya shug‘ullanmoqda. Kompaniya muhandislik ishlanmalari (loyihalashtirishdan to foydalanishga topshirishgacha)ga ixtisoslashadi. Kompaniya tasarrufida mexatronika, metrologiya laboratoriyalari va mamlakatda o‘xshashi bo‘lmagan yuksak texnologik jihozlar mavjud.
Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham Isuzu D-Max pikapi bazasidagi tez yordam mashinalari partiyasi yo‘lga chiqdi. 27 ta tez yordam mashinasi shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga topshirildi.
Isuzu D-Max pikapi bazasidagi tez tibbiy yordam avtomobilining yangi modeli Samarqand zavodida 2020 yil may oyidan boshlab chiqarilmoqda. Avtomobil yuqori o‘tuvchanlikka ega, manyovrchan va ishonchliligi hamda tejamkorligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ambulans, aynan qaysi tibbiy yo‘nalishda ishlatilishiga qarab, talab va maqsadlarga ko‘ra qo‘shimcha jihozlanishi mumkin.
Tez yordam xizmati maxsus sanitar atvoparkini kengaytirish va pandemiya davrida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadlarida UzAuto Motors mamlakat mintaqalariga Chevrolet Damas atvomobili bazasida tayyorlangan tez yordam avtomobillari partiyasini jo‘natdi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq jihozlangan 250 dona tez yordam avtomobili poytaxt va mintaqalar hokimliklari buyurtmasiga ko‘ra yetkazib berildi.
LiveBarchasi