Rossiyadan Toshkentga 20ta metro vagoni yuborildi

Jamiyat

image

Kecha, 13 oktyabr kuni “Transmashxolding” AJ tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash” AJ 20 ta zamonaviy metro vagonlarini Toshkentga jo‘natdi. Shu bilan Toshkent metropoliteni oldidagi kontrakt majburiyatlarning bajarilishi yakunlandi.

Qayd etilishicha, yuborilgan vagonlardan Toshkentda to‘rtta vagonli 5 ta metro poyezdi shakllantiriladi. Ushbu modifikatsiyadagi harakatlanuvchi tarkiblari yetkazilishi bilan Toshkent metropolitenida zamonaviy poyezdlar soni jami 60 vagonni, ya’ni 15 ta to‘rt vagonli poyezdlarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda metropolitenning 20 vagondan iborat birinchi partiyasi Toshkentga etib kelgandi. 2021 yil avgust oyida esa “Metrovagonmash” AJ O‘zbekistonga yana 20 ta metro vagonini jo‘natgan. Yangi metro vagonlarining barchasi Toshkent metrosining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. Umuman olganda, Toshkent metropoliteni va “Metrovagonmash” poytaxtda metro tashkil etilganidan buyon, ya’ni 1977 yildan hamkorlik qilib kelmoqda.

“Metrovagonmash” AJ va “Toshkent metropoliteni” AJ 40 ta metro vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma shu yilning aprel oyida imzolangan. Moliyalashtirish manbalari Rossiyaning Rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalar davlat banki va Rossiya eksport-import banki kreditlari hisoblanadi.

Har xil modifikatsiyadagi 81-765/766/767 seriyali metro poyezdlari bugungi kunda Moskva, Qozon, Baku va Toshkentda faol ishlab kelmoqda. Harakatlanuvchi tarkib bo‘ylab yo‘lovchilarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun o‘tish joyi bo‘lgan vagonlararo o‘tish joylari bilan jihozlangan. Kengligi 1,4 metr bo‘lgan eshiklar ochiq va yopiq holatlarni ko‘rsatuvchi tashqi yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan. Bosh vagonlarda nogironlar aravachalari uchun joylar mavjud. Har bir vagonda sensorli monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularda kerakli stansiyalarni qidirish, kerakli yo‘nalishdagi sayohatni rejalashtirish va vaqtini hisoblash imkoniyatiga ega. Vagon va mashinist kabinalari videokuzatuv tizimi, konditsioner va havoni zararsizlantirish tizimlari bilan jihozlangan. Toshkent metropolitenining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mashinist kabinasining old oynasi boshqariladigan quyoshdan himoyalovchi tizim bilan jihozlangan. Mazkur metro vagonlarining xizmat qilish muddati 30 yil. Metro poyezdining konstrutsion tezligi soatiga 90 km.


Maqola muallifi

Teglar

metro vagon

Baholaganlar

92

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing