Toshkentga olib ketilayotgan yarim tonnaga yaqin noma’lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 22 iyun kuni Qashqadaryodan Toshkentga olib kelinayotgan noma’lum hayvonga tegishli yarim tonnaga yaqin go‘sht poytaxtga yetmay, to‘xtatib qolindi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Bugun soat 01:30 larda Chiroqchi tumani hududida joylashgan “Umakay” YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimi tomonidan “Qarshi-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan Kia Carnival rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada mashina yukxonasida to‘q qizil rangli, no’malum hayvonga tegishli bo‘lgan, jami og‘irligi 460 kilogrammga teng go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Aniqlangan mahsulotlar Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limining laboratoriyasida tekshirilganda iste’molga yaroqsizligi aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo go'sht

Baholaganlar

412

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing