Toshkentga olib kelinayotgan 3 tonna yaroqsiz tovuq go‘shti to‘xtatib qolindi

3-sahifa

image

Sotish uchun Buxoro viloyatidan Toshkent shahriga olib kelinayotgan 3 tonna yaroqsiz tovuq go‘shti to‘xtatib qolindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha,  Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini tashkil etish guruhi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlangan.

Buxorodan Toshkentga qarab harakatlanayotgan, 20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasi “Samarqand” YPX maskanida to‘xtatilgan. Iste’mol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda olib kelinayotgan 3 tonna tovuq go‘shti tekshirish uchun laboratoriyaga jo‘natilgan.

Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, tovuq go‘shti iste’molga yaroqsiz deb topilgan hamda qoidabuzarga qonuniy tartibda javobgarlik belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahriga 600 kilogramdan ortiq iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent tovuq go'shti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing