Toshkentga kirish-chiqish to‘xtatilishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab Transport vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda.

Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra ishlab chiqilgan. 

Komissiyaning 21 mart kuni qabul qilgan qaroriga ko‘ra, 22 martdan boshlab barcha jamoat transportlari (avtobus, metro va yo‘nalishli taksi) harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 45 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri koronavirus

Baholaganlar

456

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing