Toshkentga kelayotgan samolyotda janjal ko‘targan rossiyalik jazolandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 aprel kuni “Moskva-Toshkent” reysi bilan uchib kelayotgan erkak samolyot bortida fuqarolar tinchligini buzib, ekipaj a’zolarini haqoratladi.

Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Moskva-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan RF fuqarosi, A.L. havo kemasi bortida bo‘la turib, mast xolda yo‘lovchi fuqarolar tinchligini buzib, samolyot ekipajini uyatli so‘zlar bilan xaqorat qilib mayda bezorilik sodir etgan.

Shuning uchun, Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB katta inspektori X.M.Alimbayev tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan xujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur ish materiallari Jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahri Sirg‘ali tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, huquqbuzarga nisbatan jarima belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot

Baholaganlar

1789

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing