Toshkentga 765 kg qisqichbaqani noqonuniy olib ketayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
22 iyul
7467Toshkentga katta miqdordagi qisqichbaqalarni noqonuniy olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on suv ombori va YPX xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida Bulung‘ur Yuqori nuqta postida dengiz qisqichbaqalari yuklangan yuk tashuvchi transport vositasi to‘xtatib qolingan. Tekshiruvda brakonerlar tomonidan 75 ta plastik idishda 22 ming 125 ta, og‘irligi 765,5 kg bo‘lgan qisqichbaqalar olib ketayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Oqibatda tabiatga 130 million 130 ming so‘m zarar yetkazilgan. Qisqichbaqalar Kattaqo‘rg‘on suv omboriga qo‘yib yuborilgan.
“Avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi. Shuningdek, holat yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar huquqbuzarlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rish maqsadida Samarqand viloyat prokuraturasiga yuborildi”, deyiladi xabar so‘ngida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy bojxonachilar 100 dan ortiq kam uchraydigan ilonni shimining ichiga solib kelayotgan erkakni qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi