Toshkentdan Urganchga uchayotgan samolyotni ham chaqmoq urdi

Olam

image

Kecha, 19 may kuni C6089 Toshkent-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirish vaqtida “Centrum Air” aviakompaniyasining havo kemasini chaqmoq urdi. Bu haqda kompaniya xabar berdi.

Ushbu reysga dastlab tayinlangan Airbus 330 samolyotiga chaqmoq urilishi ortidan havo kemasi texnik xizmat ko‘rsatishga yuborilgan, bu esa aviakompaniyaning keyingi bir qator reyslari kechikishiga sabab bo‘lgan.

C6089 reysini jadval bo‘yicha amalga oshirish maqsadida bortni sig‘imi kichikroq bo‘lgan havo kemasiga (Airbus Air 320) almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Oqibatda 40 nafar yo‘lovchi ushbu reys bilan ucha olmagan.

Yo‘lovchilarga darhol tanlov imkoniyati: chipta narxini to‘liq qaytarish yoki eng yaqin bo‘sh reysga (jumladan, boshqa tashuvchilarning reyslariga) qayta band qilish taklif etilgan. Kutish vaqti uzoq davom etgan yo‘lovchilar aviakompaniya hisobidan mehmonxonaga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Centrum Air” aviakompaniyasining Toshkent – Guanchjou – Toshkent yo‘nalishidagi reysi samolyotni chaqmoq urishi sabab kechiktirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Urganch Centrum Air

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing