Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridan Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlariga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Uzautotrans Service” korxonasi joriy yilning 17 avgust kunidan Toshkent – Shahrisabz – Kitob, Toshkent – Yangiyer yo‘nalishida, 22 avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson, Toshkent – G‘uzor – Qamashi yo‘nalishida, 23 avgust kunidan esa Toshkent – Boysun yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan Toshkent avtovokzali hamda “Uzautotrans Service” korxonasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishish mumkin. Shuningdek, yo‘lovchilar borish va qaytish chiptalari elektron tarzda avtoticket.uz sayti hamda AT, UzBUS mobil ilovalari orqali sotib oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made