Toshkentdan uchgan samolyot Bishkekka qo‘nmasdan ortga qaytdi
Jamiyat
−
09 yanvar 2020
34753Bugun, 9 yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Toshkent-Bishkek yo‘nalishidagi HY-779 reysi Qirg‘iziston poytaxtiga qo‘nolmay, ortga qaytdi.
Samolyot noqulay ob-havo sharoiti sababi ko‘rish darajasi past bo‘lganidan Bishkek aeroportiga qo‘na olmagan.
QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, samolyot Toshkentga qaytib, yoqilg‘i zaxirasini to‘ldirib, Bishkekka uchib ketdi. Bu vaqt oralig‘ida yo‘lovchilar bortdan chiqarilmagan.
Mazkur holat yuzasidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK rasmiy ma’lumot berib, noqulay ob-havo sharoitida xavfsiz qo‘nishni amalga oshirishning imkoni bo‘lmagani uchun ortga qaytilganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi