Toshkentdan Saudiya Arabistoniga uchayotgan reys ortga qaytib keldi
Jamiyat
−
11 noyabr
24226Kecha, 10 noyabr kuni Toshkentdan Saudiya Arabistoniga uchayotgan reys uchish aeroportiga qaytib keldi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha HY335 reysi yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani sababli jo‘nab ketgan aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan. Samolyot tez orada o‘z manziliga qarab davom etishi ma’lum qilingan, biroq aniq vaqt aytilmagan.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha HY101 reysi ikki marta to‘xtatilgandi. HY101 reysi Toshkentdan Nyu-Yorkka jo‘nab ketgan. Parvoz paytida havo kemasining komandiri qatnovdagi homilador yo‘lovchida erta to‘lg‘oq boshlangani sababli samolyotni Goose Bay (Kanada) zaxira aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan. Toshkent vaqti bilan soat 20:50 da samolyot aeroportga qo‘ngan, bortga tibbiy xodimlar chiqib, yo‘lovchini gospitalizatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. HY101 reysi Toshkent vaqti bilan soat 22:12 da HY101 (Kanada) zaxira aeroportidan jo‘nab ketgan va Toshkent vaqti bilan soat 00:35 da Nyu-Yorkka qo‘ngan.