Toshkent-Nyu-York reysi ikkinchi marta favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Jamiyat
−
06 noyabr
7141Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha HY101 reysi ikkinchi marta to‘xtatildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 5 noyabr kuni HY101 reysi Toshkentdan Nyu-Yorkka jo‘nab ketgan. Parvoz paytida havo kemasining komandiri qatnovdagi homilador yo‘lovchida erta to‘lg‘oq boshlangani sababli samolyotni Goose Bay (Kanada) zaxira aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan. Toshkent vaqti bilan soat 20:50 da samolyot aeroportga qo‘ngan, bortga tibbiy xodimlar chiqib, yo‘lovchini gospitalizatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
HY101 reysi Toshkent vaqti bilan soat 22:12 da Goose Bay (Kanada) zaxira aeroportidan jo‘nab ketgan va Toshkent vaqti bilan soat 00:35 da Nyu-Yorkka qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham ushbu samolyot Toshkentga qaytib kelgandi. Bunga Rossiya fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchining o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘lgan. Soat 07:35 da havo kemasi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan va yo‘lovchi tibbiy yordam mashinasi orqali tibbiy muassasaga jo‘natilgan.
LiveBarchasi