Toshkentdan Olma-otaga uchgan samolyot Chimkentda favqulodda qo‘ndi
Olam
−
22 iyun 2019
5201Bugun, 22 iyun kuni Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olma-ota yo‘nalishida uchgan samolyoti Chimkent shahrida qo‘nishga majbur bo‘ldi. TASSning aviakompaniya Matbuot xizmatiga asosan xabar berishicha, samolyot germetizatsiya tizimidagi muammo sabab favqulodda qo‘ngan.
“22 iyun kuni Air Astana kompaniyasining Toshkent-Olma-ota yo‘nalishida uchgan samolyoti germetizatsiyadagi muammo sabab mahalliy vaqt bilan soat 16:15 da Chimkent aeroportiga qo‘ndi”, deyiladi xabarda.
Nosozlik ma’lum bo‘lgach,samolyot ekipaji xavfsizlik nuqtai nazaridan eng yaqin aeroportga qo‘nishga qaror qilgan.
“Qo‘nish shtat rejimida amalga oshirildi. Jarohatlanganlar yo‘q. Samolyotdagi nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlar olib borilyapti. Yo‘lovchilar “Chimkent-Olma-ota” doimiy reysi bilan olib ketildi”, deb aniqlik kiritgan kompaniya Matbuot xizmati.
LiveBarchasi