Toshkentdan ikkita viloyatga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
10 mart
13167Navro‘z bayramida Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston temiryo‘llari axborot xizmati ma’lum qildi.
Samarqandga qo‘shimcha reyslar 21-22-23-24-25 mart kunlariga, Qarshiga esa 20-21 mart kunlariga belgilangan. Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand – Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 11:11 – Toshkent 13:26.
776-sonli “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:51 – Samarqand 16:05.
762-sonli “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishi: Toshkent 6:59 – Qarshi 10:33.
761-sonli “Qarshi – Toshkent” yo‘nalishi: Qarshi 16:44 – Toshkent 20:20.
Eslatib o‘tamiz, Avvalroq, 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chipta narxi 20 foizga oshishi haqida xabar berilgan edi. Keyinroq chipta narxi oshirilmaydigan mahalliy poyezd yo‘nalishlari ma’lum qilindi.