Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot manzilga yetmay ortiga qaytdi
Jamiyat
−
06 fevral
12379Bugun, 6 fevral kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent – Buxoro yo‘nalishida parvoz qilayotgan HY23 yo‘lovchi reysi manzilga yetib bormasdan uchish aeroportiga qaytdi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyot ekipaji Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (chang bo‘roni) tufayli uchish aeroportiga qaytishga qaror qilgan.
“Bortida 125 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da Toshkentga qo‘ndi. Samolyot yaqin soatlarda Buxoro aeroportiga uchib ketishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni ham chang bo‘roni sabab Buxoro aeroporti faoliyati cheklangandi.
LiveBarchasi