Toshkentdan avia va temir yo‘l qatnovlari tiklanmoqda
Jamiyat
−
15 may 2020
11602Joriy yilning 18 mayidan boshlab poytaxt Toshkentdan viloyatlarga temir yo‘l va aviaqatnovlar tiklanadi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarorida aytilgan.
Unga ko‘ra, 2020 yil 18 may kunidan boshlab quyidagilarga RUXSAT BERILADI:
Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklash;
Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovini (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yish.
Shu bilan birga avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.
Mazkur Vaqtinchalik tartib talablarini buzish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi