Toshkentdagi yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyul kuni soat 12:00 da GES-2 issiqlik elektr stansiyasidan DOK-1 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi. Bu haqda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tumani hududida joylashgan “Zenit” zavodi atrofidagi mavjud 48 va 49-sonli yuqori kuchlanishli elektr tayanch ustunlari orasida chiqindi yonishi oqibatida DOK-1 tarmog‘i yong‘in sababli nosozlik yuzaga kelgan.

“Ayni vaqtda, "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, qisqa vaqt ichida tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Toshkent yong'in GES-2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing