Toshkentdagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 5 sentyabr kuni soat 13:52 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahdumquli ko‘chasi 71-uy oldida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:59  da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:12 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yangi qurilayotgan binoning 10-qavatida 10 kvadrat metr maydonda qurilish chiqindilari yonib zararlangani aniqlangan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 29 avgust kuni Toshkent viloyatidagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made