Toshkentdagi Yadro fizikasi institutining 6 gektar maydoni yonib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ulug‘bek” shaharchasida 6 gektarga yaqin maydon yonib ketdi. Bu haqda bugun, 22 iyul kuni Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, yong‘in shaharchada joylashgan Fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi institutiga tegishli yashil bog‘ hududida sodir bo‘lgan. Ekologiya vazirligi tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyida o‘rganish ishlari olib borilgan bo‘lib, yong‘in sababi, oqibatlari va boshqa tafsilotlar aniqlanayotgani aytilmoqda.

“O‘rganish natijalariga ko‘ra batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyul kuni Jizzaxning Zomin tumanida joylashgan tog‘ bag‘rida katta yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida tog‘ bag‘rida taxminan 50 sotix maydonda quruq xaslar yongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yadro fizikasi instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing