Toshkentdagi vahshiy qotillik bo‘yicha rasmiy ma’lumot

Jamiyat

image

Avvalroq, poytaxt Toshkent shahrida er turmush o‘rtog‘ini 30 marta pichoq urib o‘ldirgani va qaynonasini og‘ir yaralagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur jinoyat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 13 avgust kuni Yashnobod tumani Obisher ko‘chasida yashovchi muqaddam sudlangan 1994 yilda tug‘ilgan Sh.R. 1993 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.Yu. va 1971 yilda tug‘ilgan qaynonasi G.Yu. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan M.Yuning qorin va bel sohalariga bir necha marotaba (30 marta) urib, uni o‘ldirgan. Qaynonasi G.Yu.ning turli joylariga ko‘plab (7 marta) sanchib-kesilgan jarohatlar yetkazgan. 

Mazkur xolat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Sh.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-kismi va 25, 97-moddasi 2-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.R. protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Sh.R. va M.Yu.ning 9 oylik qiz farzandi bolalar uyiga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qotillik

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing