Toshkentdagi uylardan biriga 1 metrlik ilon kirib oldi (video)
3-sahifa
−
30 aprel 2025 41761 1 daqiqa
Kecha, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadonlardan biriga 1 metrlik ilon kirib oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 23:24 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 112 tizimi orqali Chilonzor tumanining Shosh ko‘chasida joylashgan uylardan birining ichiga 1 metrlik ilon kirib olgani va amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chilonzor tumani FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan uyning ichiga kirib olgan ilon maxsus idishga solinib, hayvonot bog‘i mas’ullariga topshirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025