Toshkentdagi universitet o‘qituvchilari bir xil forma kiyishga majburlandi(mi?)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) professor-o‘qituvchilarga bir xil forma joriy etilishi, universitet rektorat binosi eshigining yopilgani hamda matbuot kotibiga katta miqdorda mukofot puli berilgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan universitet rahbariyati munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Odob-axloq kodeksi”ning 11-bandiga asosan universitetda professor-o‘qituvchi, xodim, doktorant va talabalar o‘z o‘qish va kasbiga mos zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozimligi belgilab qo‘yilgan. Universitetning ushbu ichki hujjati jamoaviy kelishuv asosida qabul qilingan. Universitet tomonidan forma joriy etilishi oliygoh brendini rivojlantirish va jamoatchilik o‘rtasida ijobiy imijini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, formani olish yoki kiyish hech kimga majburiy emas. Mahsulot ma’qul kelgan taqdirda olishlari mumkinligi haqida professor-o‘qituvchilarga xabar berilgan.

“Universitet “rektorati eshigi barchaga yopilgani” haqidagi materialga ko‘ra, endi hech kim TDIU rektorati binosiga kira olmaydi, degan mazmun kelib chiqadi. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, rektoratga chiqish zinalari ham qayta ta’mirlanmoqda. Bu vaziyatda xavfsizlikni ta’minlash va ishchi-ustalar faoliyatiga xalaqit bermaslik maqsadida bino eshigi qisqa muddatga yopilgan”, deyiladi munosabatda.

Bundan tashqari, tarqalgan xabarlarda universitet matbuot kotibiga Ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi 100 mln so‘m miqdorda mukofot puli yozdirib bergani aytilgan.

“Bu xabar yolg‘on ma’lumot ekanligi va haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz. Shaxs qadr-qimmati, sha’nini toptash, uni jamoat orasida obro‘sizlantirganlik uchun har bir shaxs qonun oldida javobgarligini eslatib o‘tamiz”, deya qo‘shimcha qilinadi bu haqdagi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing