Toshkentdagi tirbandlik: hokimlik nimani qoyil qildi?

Jamiyat

image

Toshkent aholisi bo‘yicha u qadar katta shaharlar sirasiga kirmaydigan poytaxt shaharlardan biri sanaladi. Ayni damda Toshkentda 3 million kishi istiqomat qilmoqda. Toshkent aholi soni jihatidan Moskva, Istanbul kabi shaharlar darajasiga yetmagan bo‘lsa-da, yo‘llardagi avtomobil tirbandligida ulardan qolishayotgani yo‘q. Qolaversa, ish joylarining shahar markazida, yashash joylari esa shahar chetida va markazdan ancha uzoqda joylashganini hisobga olsak, o‘rtacha 10 km masofani bosib o‘tish uchun ertalab soat 08:00 – 10:00 oralig‘ida o‘rtacha 30-35 daqiqa sarf etilyapti. 

Toshkentdagi asosiy tirbandlik Shifokorlar ko‘chasi, Yunusobod tumanining “Mega planet” majmuasi atrofi, Ichki ishlar vazirligi qarshisidagi chorraha, Navoiy ko‘chasi, Abay ko‘chasi, Olmazor hokimiyati atrofidagi ko‘chalar, "Xalqlar do‘stligi" maydoni atrofidagi yo‘llarda yuzaga kelyapti. 

Toshkent shahar hokimligi 2018 yilning may oyidan 2019 yilning shu davriga qadar Toshkentda tirbandlikning oldini olish uchun amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 

Ko‘chalarni ochish bo‘yicha:

Fidokor (sobiq Chexov) ko‘chasining Mirobod ko‘chasi tomonidan Oybek ko‘chasiga chiqish joyi ochildi. Buning natijasida Oybek, Nukus, Shahrisabz va Mirobod ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishilgan.

Said Baraka ko‘chasining Shevchenko ko‘chasi tomonidan Oybek ko‘chaspga chiqish joyi ochildi. Buning natijasida Oybek, Nukus, Shevchenko va Fidokor ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishilgan.

Nukus ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga o‘tish yo‘li ochildi. Buning natijasida Nukus, Qodiriy, Shastri va Maxtumquli ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishilgan.

Maxtumquli ko‘chasidan Nukus ko‘chasiga o‘tish yo‘li ochildi. Buning natijasida Nukus, Qodiriy, Shastri va Maxtumquli ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishilgan.

6-tor Niyozbek yo‘li ko‘chasining Niyozbek yo‘li ko‘chasi tomonidan Qodiriy ko‘chaspga chiqish joyi ochildi. Buning natijasida Niyozbek yo‘li, Qori Niyoziy, Osiyo va Amir Temur ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishilgan.

Ko‘chalarni kengaytirish bo‘yicha:   

Kichik xalqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasidan Istirohat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi kengaytirilib, ushbu joydagi transport tirbandliklariga barham berilgan.

Chorrahalarni ochish bo‘yicha:

Muqimiy ko‘chasining Qatortol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahada hamda Shohjahon ko‘chasi bilan kesishgan chorrahada Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab o‘rnatilgan beton va temir panjaralar olib tashlanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kesishma ochildi. Natijada transport vositalarining ortiqcha yo‘l bosib o‘tishiga barham berilib, vaqt va yoqilg‘i sarflanishi kamayishiga erishilgan.

Qayrilib olish joylarini ochish bo‘yicha:

Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab Qushbegi va Komil Yashin ko‘chalari oralig‘ida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Shota Rustaveli va Komil Yashin ko‘chalari kesishgan chorrahadagi tirbandliklar kamayishiga erishilgan.

Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Ahmad Donish va Yangi shahar ko‘chalari oralig‘ida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Amir Temur va Yangi shahar ko‘chalari kesishgan chorrahadagi tirbandliklar kamayishiga erishilgan.

Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Qodiriy va Navoiy ko‘chalari oralig‘ida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Amir Temur va Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahadagi tirbandliklar kamayishiga erishilgan.

Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur va Yangi shahar ko‘chalari oralig‘i, yo‘lo‘tkazgich ostida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Amir Temur va Ahmad Donish ko‘chalaridagi tirbandliklar kamayishiga erishilgan.

Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Furqat ko‘chalari oralig‘ida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahadagi tirbandliklar kamayishiga erishilgan.

Furqat ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasiga yetmasdan qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida ortiqcha vaqt va yoqilg‘i sarflanishi kamayishiga erishilgan.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Tirbandlik

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing