Toshkentdagi “samosud” bo‘yicha 5 kishiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentdagi Qo‘yliq bozorida o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgani aytilgan ikki kishi odamlar tomonidan “samosud” qilingani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Bektemir tumani IIO FMB tomonidan mazkur videodagi holat o‘rganib chiqilgan va quyidagilar aniqlangan.

Voqea kecha, 2 iyul kuni soat taxminan 16:30 da yuz bergan. Qo‘yliq bozorida sotuvchi bo‘lib ishlovchi qashqadaryolik 30 yoshli Sunnatillo Sh. va surxondaryolik 31 yoshli Alisher T. ikki noma’lum shaxs Cobalt rusumli avtomobilni ochishga urinayotganini ko‘rib qolgan. Mashina qashqadaryolik 35 yoshli Jahongir E.ga tegishli bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Sunnatillo Sh., Alisher T. va yana bir Shuhrat Sh. ismli sotuvchi ichki ishlar organlariga xabar bermay, voqea joyida qo‘lga olingan, muqaddam sudlangan Farg‘ona viloyatilik 40 yoshli Sayidjon T. va 39 yoshli Ahad K.ni kaltaklagan.

Mazkur holat yuzasidan Sunnatillo, Alisher va Shuhratga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan. Sayidjon T. va Ahad K.ga nisbatan avtomobildan pul o‘g‘irlash ayblovi bilan JKning 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 169-moddasining 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir tumani samosud Qo'yliq bozori

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing