Toshkentdagi “roddom”da shifokorlar yordam bermagani uchun chaqaloq o‘lik tug‘ilgani aytilmoqda
3-sahifa
−
23 noyabr
16861QALAMPIR.UZ’ga Chilonzor tumani Qatortol mavzesidagi 7-son tug‘uruq kompleksida shifokorlar e’tiborsizligi oqibatida yuragi sog‘lom urayotgan bola o‘lik tug‘ilgani haqida murojaat kelib tushdi.
“19 noyabr kuni kelinimdan suv ketib qoldi. “Roddom”ga kelganimizda hech qanday yordam berishmadi. Yordam beringlar desak, nimaga vahima qilyapsizlar deb bizni urishib berishdi. Oradan bir kun o‘tganidan keyin homilador kelinimni tekshirib, kelin ham, chaqaloq ham yaxshi ekanini aytishdi. Suv ketishiga qaramasdan tug‘ishi uchun hech narsa qilishmadi. Nega ekanini bilmayman, kelinimga tug‘ishidan oldin “Seftriakson” ukolini ham qilishgan“, deydi murojaatchi.
Kelinning yaqinlariga ko‘ra, ayol tug‘uruq davriga qadar doimiy shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Bolada qandaydir nuqson borligi aytilmagan.
“Kelinimiz sog‘lom edi. Bola ham yaxshiligini aytishgandi. “Roddom”dagi shifokorlarning bee’tiborligi sababli bola o‘lik tug‘ildi”, deydi murojaatchi.
Hozirgacha holat yuzasidan SSV rasmiy axborot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval, 21 noyabr kuni Bo‘kada homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etgan edi.