Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchisi Garvardga qabul qilindi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida Top 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSH dollari miqdoridagi grant bilan o‘qishga qabul qilindi. Bu haqda bugun, 2 aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Abdulaziz AQSHning bakalavriat kollejlari orasida 11-o‘rinni egallaydigan Grinnell kollejining 300,000 AQSH dollari miqdoridagi grantini ham qo‘lga kiritgan. IELTS (Xalqaro ingliz tili test tizimi) dan 8,5 ball hamda SAT (Sxolastik baholash testi) dan 1560 ball sohibidir. 

Shuningdek, u "Zakovat O‘quvchilar Ligasi" 2022-2023 mavsumi mutlaq g‘olibi – "Et Cetera" jamoasi a’zosi sanaladi va  “Vice-head of the United students" vitse-prezidenti hamda "PSAD" klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Garvard universitetida Jon Kennedi, Jorj Bush, Barak Obama, Bill Geyts, Mark Sukerberg, Robert Oppengeymer, Teodor Ruzvelt, Benazir Bhutto singari mashhur shaxslar tahsil olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH, Koreya, Irlandiya, Yaponiya, Germaniyaga qadami yetgan o‘zbek yoshlari haqida maqola tayyorlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qabul Abdulaziz Sobirov Garvard universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing